SHAHZODA 1,2,3,4,5,6,7-MAY 2014 YIL KONSERT BERADI
scrin

SHAHZODA 1,2,3,4,5,6,7-MAY 2014 YIL KONSERT BERADI

DIZAYN SHOU KONSERT DASTURI 2014 TO'LIQ HD
scrin

DIZAYN SHOU KONSERT DASTURI 2014 TO'LIQ HD

SHO`RDANAK YANGI SONI 2014 (TO'LIQ HD )
scrin

SHO`RDANAK YANGI SONI 2014 (TO'LIQ HD )

OTABEK MUTALXO'JAYEV - ALBOM TAQDIMOTI 1-QISM
scrin

OTABEK MUTALXO'JAYEV - ALBOM TAQDIMOTI 1-QISM

TO'QLIKKA SHO'XLIK (UZBEK FILM 2014) EXCLUSIVE LAVHALAR!
scrin

TO'QLIKKA SHO'XLIK (UZBEK FILM 2014) EXCLUSIVE LAVHALAR!

YIGITALI (UZBEK FILM 2014) TREYLER
scrin

YIGITALI (UZBEK FILM 2014) TREYLER

Фильм Uzbek tilida / Qasamyod Korea Seriali 1-10 Qism
scrin

Фильм Uzbek tilida / Qasamyod Korea Seriali 1-10 Qism

TO'QLIKKA SHO'XLIK (UZBEK FILM 2014) EXCLUSIVE LAVHALAR!
scrin

TO'QLIKKA SHO'XLIK (UZBEK FILM 2014) EXCLUSIVE LAVHALAR!

BOJALAR - TOYLAR MUBORAK (OFFICIAL HD VIDEO)
scrin

BOJALAR - TOYLAR MUBORAK (OFFICIAL HD VIDEO)

QUDUQ (ПРЕМЬЕРА ) (ТРЕЙЛЕР)
scrin

QUDUQ (ПРЕМЬЕРА ) (ТРЕЙЛЕР)

Главная » Файлы » ТВ-передачи

Intervyu →Zarina Nizomiddinova: Internetdan uzoqroq yurishga harakat qilaman?
06.10.2013, 02:41
Zarina Nizomiddinova: Internetdan uzoqroq yurishga harakat qilaman?
Yoshlarimizga gap yo'q... 
Bugun saytimizga mehmon tariqasida tashrif buyurgan ijodkor, sizning sevimli aktrisangiz, ko'pgina filmlarda bir qator obrazlari orqali elga juda yaxshi tanish bo'lgan Zarina Nizomiddinova! U bilan barcha taniqli insonlar bilan qurgan suhbatimizdek dildan suhbat qurdik. Marhamat ushbu suhbatimizni sizga havola etamiz.   -Hozirgi kunda ijodingizda qanday yangiliklar? -Ijodimda bu yil juda ham sermahsul, ijodga boy bo'lgan yil bo'ldi desam mubolag'a bo'lmaydi. 2013-yilni juda ham omadli boshladim. Hozirgi kunda premyerasi bo'lib o'tgan filmlarim bilan hisoblaganda sakkizta filmda rol ijro etishga ulgurdim. Ulardan ikkitasini, ya'ni yanvar oyida "Yagonamsan" hamda kuni kecha mana shu mart oyida bo'lib o'tgan "Payshanbadan-payshanbagacha" filmlarining premyerasi bo'lib o'tdi. Bu ikki filmdagi obrazlarim umuman bir-biriga o'xshamaydigan ikki xildagi film desa bo'ladi. Biri komediya, ikkinchisi esa melodramma janridagi rollar. Tomoshabin va muxlislarimga qiziq bo'ladi deb o'ylayman va yana beshta filmimning premyerasi hozir kutib turibdi. Ulardan biri Said Muxtorovning "Girdob" filmi, undan keyingisi Jon Rid Sagdiyevning "Tasqara" filmi, Jasur Shametovning hozirgi ishchi nomi "Gunoh" va Tamara Kamalovaning Davlat buyurtmasiga binoan "Oftob chiqdi olamga" nomli filmi. U yerda men kichkina rol ijro etgan bo'lsam ham butun film mobaynida mana shu qahramon qiz eslanadi. Shu bilan birgalikda "Fotima va Zuhra 2" filmida ham rol ijro etdim. Bu film biz bilgan "Fotima va Zuhra" filming davomi emas. Umuman boshqa g'oya asosida film suratga olingan. Boshqa aktyor hamda aktrisalar rol ijro etishgan. Shunchaki bu filmda bosh qahramon qizlarning ismlari nomiga film Fotima va Zuhra deb atalgan. Juda ham kuchli daramma. O'ylaymanki barchaga yoqadi. Hozirda filmlarimiz juda ham ko'p, ammo bunday daramma hali suratga olinmagan edi.
-Tomoshabinlar sizni faqatgina mayus qizlarning obrazida ko'radilar. Komediya janridagi filmlarda juda kam rol ijro etasiz. Nima uchun? Balki bu boradagi tajriba sizga kamlik qilayotgandandir? -Yo'q, gap unda emas. Birinchidan men bachkanalik, har xil qiliqlar qilib, yuzlarimni xunuk qilib berishim mumkinku, ammo men o'zim bu narsani hohlamayman. Baribir tomoshabin meni "Romeo va Julyetta" filmidagi Julyetta obrazida ko'radi. Ammo "Payshanbadan-payshanbagacha" filmida men komedik rolni ijro etdim. Filmda erkak kishi menga aylanib qoladi. Ovozi esa qoladi. Bu aktyor Tolib Mo'minov. Men bu aktyorning qanday rol ijro etganlarini, o'ynagan rollari orqali ko'rib chiqdim. Sababi men filmda chiroyli qiz emas, balki erkak bo'lishim kerak. Bu filmni tomosha qilishlarini maslahat bergan bo'lar edim. Juda ham zo'r film chiqdi. Bunday premyeralar kam bo'ladi. Odamlar kulganidan filmning ovozi eshitilmadi xatto. Xuddi kutganimizdek bo'ldi. Said Muxtorovning "Girdob" filmida salbiy qahramon obrazini ijro qildim. Fimlarda rollar bir-biridan farq qilish uchun albatta komedik rollarni o'ynash shart emas. Mayus rollarning ham ming hili bor. Xushchaqchaq insonlarning ham ming hili bor. "Parizod" filmida ham o'ynagan obrazim umuman boshqacha. Bo'lmasa u obrazim ham og'ir-bosiq qizning obrazi. Ammo "Romeo-Julyetta" dagi Julyetta emas, "Qora ko'z"dagi Qora ko'z emas. Ba'ri biri-biridan farq qiladi. Bizni rolni qanchalik chiqarib bera olishimiz o'zimizga bog'liq, to'g'ri. Ammo aktyorni ana shu obrazga yo'naltirib olish bu rejissyorni ishi.
-Rejissyorlar tomonidan rol takliflari tushganida rad javobini ham berasizmi? -Albatta. Agar shu vaqtga qadar rollarni rad etmaganimda, o'nta emas, yuzta filmda chiqar edim. (Kuladi)   -O'zbek kino sanoatida o'zingizga yarasha muxlislaringiz bor. Rollaringizda o'zgacha obrazlarga kirishda sizga ko'proq kim yordam beradi. Ustozingiz kim, yoki bu qobilyatingiz mevasimi? -Biron-bir filmni ssenariysini qo'limga berishganida men onam bilan birgalikda o'qiyman. Onam san'at sohasida o'qimagan bo'lsalar ham, san'atdan xabarlari bor. Ularda shunaqanggi bir qobilyat borki, ya'ni biron narsani aytib berayotganlarida obrazga kirib, mahorat bilan aytib beradilar. Har bitta obrazim ustida onam bilan birgalikda mashq qilaman. Filmdagi rollarimning muvaffaqqiyati esa baribir ko'proq rejissyorga bog'liq deb o'ylayman.   

-Internet tarmog'ida Zarina Nizomiddinova nomini ko'p uchratamiz. Rostdan ham internet tarmog'ida faolmisiz yoki sizning nomingiz bilan boshqa birovlar ish qilishyabdimi? -"Odnoklassniki" saytiga keladigan bo'lsak, "Beeline" hamda "Odnoklassniki" sayti menga rasmiy yulduz berishdi va boshqa ba'zi san'atkorlarga ham. Ammo bu login hamda parollarim ana shu narsani uyushtirgan odamlarda yotibdi haligacha va natijada meni nomimdan kirib bir narsalar qilishyabdi. Ularni oldiga borib kelishga hech vaqt topa olmayapman. Tezroq mana shu narsani muhokama qilishim kerak. Men Odnoklassniki saytida yo'qman. Facebook saytida ham Zarina Nizomiddinovalar juda ko'p ekan. Bittasi bor menga yoqmagan rasmlarni, menga yoqmagan gaplarni gapiradi. Xuddi meni nomimdan gapirib o'tirar ekan. Men unga yozsam, u xuddi o'zi Zaridek menga javob beryabdi. To'g'risini aytsam, agar mana shunaqa odamlarni virus kabi yo'qotib tashlashni iloji bo'lganida yo'q qilgan bo'lar edim. Lekin Facebookda men borman, ammo ism-sharifim bilan emas balki boshqa nom bilan. Uzoqroq tanishlarim ham siz ushasizku, kechagina tushgan rasmlaringizni ham joylashtiribsizku deyishadi. Ammo, men u emasman, rasmlarga kelsak, bilmadim qayerdan olishyabdi.

-Balki ashaddiy muxlisingizdir? -Muxlis bunday xunuk tushgan va menga yoqmagan suratlardan tortib, bo'lgan-bo'lmagan narsalar haqida yozib tashlayvermaydi. Yana Twitterda ham yaqindagina eshitib qoldim. Siz o'zingizmisiz deb so'rashdi. Twitterda ham men yo'qman. Chunki, to'g'risini aytganda, avvalo bunday saytlarga kirishga vaqt ham yo'q va ikkinchidan uzoqroq yurishga ham harakat qilaman. Asosan Facebookga bir-bir kirib turaman bo'ldi. Qolgan saytlarda men yo'qman. Meni nomim bo'lsa ham demak u men emas, meni nomimdan ish qilayotganlar bo'ladi. 

-Ijoddan bo'sh vaqtlaringiz ham bo'ladimi? Agar bo'lsa nimalar bilan shug'ullanasiz? -Hozir bo'sh vaqtim umuman bo'lmayabdi to'g'risini aytsam. Ketma-ket kino filmlarda suratga tushishimga to'g'ri kelyabdi. Hattoki, ikkita rejissyor talashib ham qolishdi. Men ulardan biriga rad javobini berishga majbur bo'ldim. Ba'zida fotosessiyalarga chaqirishadi, ikkinchi yerda esa klipga, xullas mana shunday qilib bo'sh vaqtim deyarli yo'q. Kliplarni albatta kinolardan keyin oldim. Misol uchun yaqindagina Anvar Sanayevning juda ham ajoyib klipida Adiz Rajabov bilan birgalikda suratga tushdik. Juda ham ta'sirchan klip. Umuman olganda Anvar Sanayevning menga ovozi juda ham yoqadi. Sevgi qo'shiqlarini juda ham maromiga yetkazib kuylaydi.

-Qo'shiqchilik borasida ham o'zingizni sinab ko'rdingiz. Ammo hozir to'xtatib qo'ydingiz chog'i...? -Men yoshligimdan qo'shiq kuylayman. Chunki dadam ham O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov. Biz yoshligimizdan qo'shiq kuylaymiz. Men uchun bu yangilik emas. Shunchaki o'zim uchun hobbi qilib aytib qo'ydim qo'shiqlarni. Balki qo'shiqlarimga kliplar olarman, balki yana yangi qo'shiqlar aytarman, ammo bari o'zim uchun bo'ladi. Asosiy kasbim esa bu albatta aktrisalik.

-Siz rol ijro etgan filmlaringizdan "Parizod" filmiga keladigan bo'lsak, mana shu film oxirida qahramoningiz qayergadir g'oyib bo'lib qoladi.

-Filmda Bozorberdi ismli aqli zaif inson bo'ladi. Bu rolni taniqli aktyorimiz Tohir Saidov ijro etgan. Qahramonim esa bu odamdan juda qo'rqadigan bo'ladi. Filmning boshlanishi yugurishdan boshlanadi, aslida bu filmning oxiri bo'ladi. Haligi aqli zaif Bozorberdi meni qahramonimni quvlaydi. Qaharamonim esa qochib bir joyga berkinaman deganida haligi Bozorberdi eshikni ochib kiradi, qiz esa qo'rqqanidan o'zini osib qo'yadi. Oxirida qizni ko'rsatilgani bu shunchaki siymo bo'lib qoladi. Filmimiz "Kinoshok"da Grand pri olib keldi. Hozir esa O'zbekiston tarixida birinchi martta deb aytishdi menga, ya'ni filmimiz Nika Premiyasiga qo'yilibdi. Juda ham yuqori mukofotlardan biri bu mukofot. Bunda g'olib chiqmasak ham mana shu beshtalikning o'ziga qo'yilganimizni o'zi juda katta baxt. G'olib esa ikkinchi aprel kuni aniqlanar ekan.
-Shu kunga qadar juda ko'p filmlarda suratga tushdingiz. Bular orasidan siz hohlagan rollaringiz ham bormi yoki hali unday rolni ijro etib ulgurmadingizmi? -Men hohlardimki, O'zbekistonning qadimgi holatini aks ettiruvchi filmlarda suratga tushishni. Unda barcha milliy liboslarda gavdalansa. Men juda ham hohlardim bizda ham xuddi "Muhtasham yuz yil" turk seriali kabi, qadimgi O'zbekiston haqida film olinishini. Liboslari ham juda chiroyli. Bizni ham o'ziga yarasha juda ham qiziqarli tariximiz bor. To'g'ri bizda qadimiy filmlarimiz bor, ammo yana qaytadan uni jonlantirsak, menimcha juda ham qiziq filmlar qatoriga kiradi deb o'ylayman. "Muhtasham yuz yil" filmi singari bizning ham aktyor, aktrisalarimiz milliy liboslarimizda gavdalanishsa deyman. Mana shu filmning liboslaridan tortib, sirg'alarigacha urf bo'lib ketdi. Ajab emas bizda ham bunday seriallardan so'ng, milliy liboslarimizni kiyib yurish urfga aylansa. Shu bilan birgalikda zamonaviy rollarga keladigan bo'lsak, Anjelina Jolining ba'zi filmlari kabi agent, detektiv obrazlarda chiqishni juda hohlardim.

-Qiziqarli suhbatingiz uchun tashakkur. 
Tomoshabinlarga, muxlislaringizga va Yulduzcha.com saytiga tilaklaringiz bo'lsa marhamat. 
-Avvalam bor, barcha Yulduzcha.com ijodkorlarini va muxlislarimizni bahor faslining go'zal bayramlaridan biri, Navro'zi ayyom bilan chin qalbdan tabriklayman. Hozirgi yoshlarimizga gap yo'q. Internetda ular juda faollar. Men to'g'risini aytsam internetdan foydalanishni yaxshi bilmayman. Ammo mendan kichiklar shunaqangi yaxshi foydalanishadiki, ko'rib qoyil qolaman. Undan faqatgina yaxshi maqsadlarda foylanishsin. Yomon taraflaridan foydalanmasliklarini iltimos qilgan bo'lar edim. Birovning nomidan saytlar ochib nomimizni bulg'amanglar iltimos. Barchaga yaxshi, bahoriy kayfiyat, doimo hamrohingiz bo'lishini tilab qolaman. Sog' bo'linglar.   

Shu qatorda sizni ham hamisha bahoriy kayfiyat tark etmasligini tilab qolamiz. Doimo ijodda yuqori cho'qqilarni zabt etishingizni va hamisha birinchilardan bo'lib yurishingizni tilaymiz.
Категория: ТВ-передачи | Добавил: RAMIS
Просмотров: 1655 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UzBek Radio

Онлайн радио FAYZ_FM


Kirish | Вход
Chikish| Выход