Главная » Файлы » Новости |
“O‘zavtoyo‘l”: Qamchiq dovoni yo‘llari yopilmagan
10.02.2014, 03:55 | |
"O‘zavtoyo‘l”: Qamchiq dovoni yo‘llari yopilmagan "O‘zavtoyo‘l” DAK Qamchiq dovoni yopilganligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniya bu haqda o‘z saytida ma’lum qildi.Qamchiq dovoni. Foto: "O‘zavtoyo‘l” DAKQuyida "O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi xabarini to‘liqligicha keltiramiz:O‘zbekistonda hukm surayotgan sovuq va qorli-qirovli ob-havo sharoitiga qaramasdan yurtimizning barcha strategik avtomobil yo‘llari, jumladan, vodiy viloyatlarini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi Qamchiq dovoni yo‘llarida qatnovning bir maromda davom etishi ta’minlanmoqda.Hukumatimizning alohida e’tiboriga mos tarzda barcha mutasaddi idoralar xodimlari, jumladan, zahmatkash yo’lchilarimiz tomonidan barcha imkonyatlar ishga solingan holda o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilayotganligi, yo‘llar qattiq nazorat ostida qor va muzdan, kutilmagan ko‘chkilar asoratidan uzluksiz tozalab borilayotganligi natijasida Qamchiq dovonining eng baland nuqtalarida ham avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati saqlanib turibdi.Shu munosabat bilan "O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi yurtdoshlarimizni bu haqda xabardor qilar ekan, har qanday noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan harakat uzluksizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko’rilganligini qayd etadi hamda go’yoki Qamchiq dovoni yo’llari yopilib qolganligi kabi turli norasmiy tarqalgan xabar va mish-mishlarga ishonmaslikka chaqiradi. O‘z navbatida, haydovchilarni yo‘llarda xotirjamlikka berilmasdan xavfsizlik qoidalariga, ayniqsa tezlik chegaralariga qat’iy amal qilishga, boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining haq-huquqlarini hamda yo‘lda yaxshi sharoit yaratish uchun kechayu kunduz tinim bilmay ishlayotganlarning zahmatli mehnatlarini hurmat qilgan holda harakatlanishga undaydi. | |
Просмотров: 1102 | Загрузок: 0 | |
Всего комментариев: 0 | |
UzBek Radio
Yangiliklar
РЕКЛАМА

YANGI KINOLAR










Statistika
Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0